“Gulchilik – Namanganimizning yuziga aylangan. Xalqaro gullar festivali yildan yilga mazmun va hajm jihatidan kengayib bormoqda. 2024-yilda 63-bor oʻtkaziladigan tadbirga tayyorgarlikni hozirdan boshlashimiz kerak”.

Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Davlatobod tumanida joylashgan “Gulchilik markazi”da yetakchi gulchilar bilan uchrashdi

Muloqotda soha vakillari duch kelayotgan muammolar oʻrganildi. Ularni bartaraf etish, gul yetishtiruvchi tadbirkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash lozimligi taʼkidlandi.

Uchrashuvda 63-Xalqaro gullar festivaliga puxta tayyorgarlik koʻrish masalasi muhokama qilinib, viloyat hokimining oʻrinbosarlari, Namangan shahar, Yangi Namangan, Davlatobod tumanlari hokimlari hamda dahldor tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi.