Keyingi yillarda mamlakatimiz rahbarining tashabbuslari orqali sud-huquq tizimida amalga oshirilgan islohotlar fuqarolarimizning buzilgan huquqlarini sud orqali tiklash imkonini bermoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimiz rahbarining tashabbuslari orqali sud-huquq tizimida amalga oshirilgan islohotlar fuqarolarimizning buzilgan huquqlarini sud orqali tiklash imkonini bermoqda.
Наманган шаҳридаги «Шодиёна» тантаналар мажмуасида 8-март Халқаро хотин-қизлар куни муносабати билан байрам тадбири бўлиб ўтди.
Тантанали кечада шаҳар ҳокими Анваржон Отаходжаев, сектор раҳбарлари ҳамда фаол хотин-қизлар иштирок этдилар.
Таъкидлаш жоиз, аёлни эъзозлаш, эҳтиром кўрсатиш халқимизга хос олижаноб қадрият ҳисобланади. Нафосат тимсоли бўлмиш азиз аёлларнинг соғлом зурриёт, баркамол авлодни тарбиялаб, вояга еткизишдаги ўрни ва хизматини ҳеч нарса билан қиёслаб, баҳолаб бўлмайди. Шу боис ҳам аёлларимизга, мамлакатимиз хотин-қизларига юксак ҳурмат, доимий эътибор ва ғамхўрлик кўрсатиб келинаётгани давлат сиёсати даражасига кўтарилган.
Байрам тадбирида шаҳар ҳокими сўз олиб, аёлларни ушбу қутлуғ айём билан қутлади. Хотин-қизлар бандлигини таъминлаш, тадбиркорлигини ривожлантириш ҳамда ижтимоий-сиёсий фаоллигини ошириш бўйича шаҳримизда амалга оширилаётган ишлар ҳақида қисқача тўхталиб ўтди ва бу ютуқларга эришишда фидойилик кўрсатган аёлларни эътироф этди.
Байрам табриги куй-қўшиқларга уланиб, лобар ва гўзал аёлларга ўзгача шодлик улашди.
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазири ўринбосари Х.Мелиев, Бош прокуратура бошқармаси бошлиғи Б.Ахмедов бошчилигидаги ишчи гуруҳ аъзолари ҳамда Наманган шаҳар сектор раҳбарлари иштирокида маҳаллий тадбиркорлари билан мулоқот ўтказилди.
Дастлаб, ишчи гуруҳ Наманган шаҳридаги тадбиркорларининг йирик лойиҳалари тақдимоти ва уларни амалга ошириш йўлида учраётган муаммоли масалалари билан танишди.
Сўнгра Наманган шаҳрини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш, инвестицияларни кенг жалб қилиш, лойиҳаларни ўз вақтида амалга ошириш, тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш борасидаги ишларни муҳокама қилишга бағишланган очиқ мулоқот бўлиб ўтди.
Очиқ мулоқот жараёнида 100 га яқин тадбиркорлар томонидан кўтарилган масалалар, таклиф ва ташаббусларни ўз вақтида ҳал қилиш бўйича масъул мутасаддиларга топшириқ берилди.
Ишчи гуруҳ ўрганишлари якунларига кўра, тижорат банклари ва сектор раҳбарларига давлатимиз ҳукумати томонидан белгиланган вазифаларни сифатли бажариш бўйича қўшимча топшириқлар белгилаб берилди.
Бугун Наманган шаҳар ҳокими Анваржон Отаходжаев Озарбайжоннинг “FLORA GÜLÜSTAN” ММС бош директори Мирза Манафов бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.
Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish oʻta dolzarb masala boʻlib kelmoqda. Jahonda Yangi Zelandiya, Singapur, Daniya, Finlyandiya, Shvetsiya va Norvegiya davlatlari Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida yuqori pogʻonalarni egallab kelmoqdalar.
2003-yil 31-oktyabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi qabul qilingan boʻlib, unga 160 dan ortiq davlat aʼzo boʻlgan. Mazkur Konvensiyaga Oʻzbekiston Respublikasi 2008-yil 7-iyulda qoʻshilgan va uni oʻz hududida ijro etish uchun qabul qilgan.
BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasida koʻzda tutilgan maqsadlaridan asosiylari shuki, amalda korrupsiyaning samarali oldini olishga yordamlashish, bu borada xalqaro hamkorlik va texnik yordamni ragʻbatlantirish, qoʻllab-quvvatlash, yengillashtirish, shu jumladan, moliyaviy mablagʻlarni qaytarish, ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy mulkni boshqarishda halollik, poklik va rostgoʻylikni ragʻbatlantirish hamda yoqlashdir.
2017-yil 4-yanvarda kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish” toʻgʻrisidagi Qonunning 5-moddasiga koʻra, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taʼminlashdan iborat.
Korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik manfaatlar toʻqnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyat.
Korrupsiya soʻzi — lotincha “pora berib sotib olish” maʼnosini anglatib, mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquq va imkoniyatlardan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishni ifodalovchi siyosiy yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat tushuniladi. Korrupsiya jinoyat qonunchiligida oʻzi mustaqil jinoyat tarkibi boʻlmay, balki bir qator mansabga oid jinoyatlarni qamrab oluvchi umumlashgan tushunchadir.
Xususan, uning tarkibiga mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, hokimiyat harakatsizligi, pora olish, berish va boshqa bir qator jinoyatlar kiradi.
Taʼkidlash lozimki, korrupsiya, eng avvalo, inson huquqlarini taʼminlashga monelik qilib, ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqaradi. Erkin bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga, hayot darajasining pasayishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda korrupsiya fuqarolarning davlat boshqaruvi idoralariga boʻlgan ishonchi yoʻqolishiga olib kelib, uyushgan jinoyatchilikning avj olishiga zamin yaratadi va insonlarning xavfsizligiga tahdid soladi.
Shuning uchun ham demokratik davlatlar korrupsiyani rivojlanish va yangilanishning ildiziga bolta uruvchi xavfli illat sifatida tan olib, bu borada tizimli ravishda ish olib borishni oʻzlarining asosiy vazifalari deb belgilaganlar.
Korrupsiyaga katta huquq berib qoʻyilgan har qanday hokimiyat mansabdor shaxslari - deputatlar, masʼul shaxslar, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari aralashishi mumkin.
Mamlakatimizda ham oxirgi yillarda korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga qarshi kurashish borasida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Korrupsiya qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.
Bu borada idoralararo hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida mamlakatimizda hokimiyat tizimida, oliy va oʻrta-maxsus ilm dargohlarida, tibbiyot va soliq sohasida hamda bank va moliya tizimida juda koʻplab qonunbuzilish holatlariga chek qoʻyilganligi va ularning oldi olinayotgani hech kimga sir emas.
Hattoki yuqori lavozimlarda ishlab kelgan mansabdor shaxslarning korrupsion harakatlariga chek qoʻyilganligi ham televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga keng yoritib borilmoqda.
Korrupsiya jamiyatni yemiruvchi illat boʻlib, u ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy rivojlanishga, demokratiya asoslariga va qonun ustuvorligiga toʻsqinlik qiladi.
Mamlakatimiz oʻz oldiga huquqiy demokratik davlat barpo etish vazifasini qoʻygan. Mana shu oliy maqsadga erishish uchun huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari bilan hamkorlikda korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga qarshi faol kurash olib borishimiz talab etiladi.
Namangan viloyat sudi fuqarolik ishlari
boʻyicha sudlov hayʼati raisi
Abduraxmon Safayev