Diyor mahallasida faoliyat olib borayotgan 5 lik faoliyati oʻrganildi

Namangan shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Dilmurod Umurzaqov Diyor mahalla fuqarolar yigʻinida boʻldi.

Oʻrganishlar davomida 5 lik faoliyatiga doir taklif va muammolar oʻrganilib, mahalla faollari bilan bilan suhbat olib borildi.

Mahallada boʻsh turgan binolardan tikuvchilik, kosibchilik hamda elektr avtomat javonlari ishlab chiqarish sexlari sifatida foydalanib 50 dan ortiq kishini bandligini taʼminlagan tadbirkorlar faoliyati bilan ham tanishildi.

Beshlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni oʻrnida bartaraf etish, aholi va tadbirkorlar tomonidan olib chiqilgan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tushunchalar berildi.