Namangan shahrida joylashgan koʻp qavatli turar-joy binolari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda

Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov bugun Navoiy koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uylarda olib borilayotgan mavsumga tayyorgarlik, obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Ayni paytda ushbu hududdagi uylarni qish mavsumiga tayyorlash, aholini qiynayotgan mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, uylarni tom qismi hamda kommunikatsiya tarmoqlarini taʼmirlash, kirish yoʻlaklarini zamonaviy xolga keltirish, yangi eshiklar, zamonaviy yoritish chiroqlarini oʻrnatish kabi rejadagi bunyodkorliklar amalga oshirilmoqda.

Ushbu turar-joy binolariga masʼul boʻlgan “Sardoba oydin xizmat servis” BSKga kredit mablagʻlari ajratilishi hisobiga uylarni atroflarini obodonlashtirish, yoʻlaklarni sozlash va bolalar oʻyingohlari barpo etish koʻzda tutilgan.