Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilayotgan navbatdagi oʻquvda Namangan shahar hokimligi apparati xodimlari, shahar hokimligining boʻlimlari boshliqlari ishtirok etdilar.
Bugungi oʻquvda ishtirokchilarga kunning muhim voqeliklari hamda dolzarb mavzular haqida maʼlumot berildi.
Siyosiy-maʼrifiy soatda spikerlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va davlat boshqaruvi sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatiga toʻxtalib oʻtdi.