Chorsu shahrimizning eng gavjum va mehmonlarning tashrifi bilan doim toʻlgan maskan. Bu yerda nafaqat bogʻbon va dehqonlarning savdo, balki tadbirkor va hunarmandlarning ham savdosi doim avj pallasida boʻlgan.
Shahrimizning shunday savdo markazlari, dehqon bozorlarining odamlar bilan toʻla boʻlishi, ikkinchi tomondan ularga ham qulay sharoit hooʻirlashni taqazo etadi. Bugun dehqon bozoriga tashrif buyurayotgan xaridorlarni sifatli mahsulotlarni xarid qilish, ularning narxlarini arzonlashtirilishi, qulay narxlarda savdo qilinishi boʻyicha doimiy nazorat ishlari yoʻlga qoʻyilgan.Bugun erta tongdan “Chorsu” dehqon bozorida boʻlgan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov boziorda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Hamda bozordagi mavjud imkoniyatlar va yaratilayotgan sharoitlar toʻgʻrisida aholi bilan muloqot qildi.
Masʼullar ishtirokida bozor hududida yongʻin holatini oldini olishga qaratilgan kunlik tadbirlar olib borilib, tadbirkorlarga bu borada tushuntirish ishlarini amalga oshirilmoqda.Bozor hududini sanitariya-gigiyena meʼyorlariga qatʼiy rioya etilib, kunlik tozalov ishlarini olib borish, hududni ozoda saqlash boʻyicha ham belgilangan ishlar bajarilmoqda.