“Barkamol avlod” sport majmuasida boʻlayotgan test sinovlari jarayonlari bilan tanishish maqsadida shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov shu yerda boʻldi.
Abituriyentlarning test sinovlarini topshirish uchun yaratilgan sharoitlar, xavfsizlik masalasi hamda davlat test sinov jarayonlarini shaffof tarzda oʻtkazilishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan koʻrib tanishildi.