Holatni oʻrganish davomida bozorning orqa va yon atroflaridagi yoʻlovchilarga moʻljallangan yoʻlaklar meva-sabzavotlar hamda kiyim-kechak sotuvchilari tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingani, ariq boʻylaridagi chiqindilar, transport vositalarining betartib joylashuvini shahar rahbari tanqid ostiga oldi.
Shahar hokimi mazkur holatdan kelib chiqib, bozor maʼmuriyatiga va masalaga daxldor boʻlgan mutasaddilarga tegishli topshiriqlarni berdi.
Mulla Qirgʻiz tarixiy obidasi atrofini obodonlashtirish hamda yoʻlovchilar yuradigan yoʻlaklarni taʼmirlash, daraxtlar atrofiga ishlov berish boʻyicha ham masʼuliyat talab qildi.