Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov boshchiligidagi ishchi guruh aʼzolari “Chorsu” bozorida xaridorlarga yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar bilan tanishish maqsadida mazkur hududda boʻldi.
“Chorsu” bozori Namangan shahrining eng yirik savdo-sotiq komplekslaridan biri sanaladi. Shahar hokimi bozor masʼullari va xodimlari, sotuvchilari bilan boʻlgan muloqot davomida xaridorlarga har tomonlama qulay sharoitlar yaratish, narx-navoni meʼyorida saqlash, sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya qilish va belgilangan talablarini eslatib oʻtdi.Shuningdek, bozor mutasaddilarini atrofni ozoda saqlash, obodonchiligiga, transport harakatlarini nazoratga olinishini taʼkidlab oʻtdi.