OZIQ-OVQAT ZAXIRALARI BILAN TANISHILDI

OZIQ-OVQAT ZAXIRALARI BILAN TANISHILDI



Namangan shahar hokimligi, sektorlar kesimida tashkil etilgan ishchi guruhlar, IIB, FVB, Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘limi, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 dekabrdagi 743-sonli qaroriga asosan favqulodda vaziyatlarining oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni kuchaytirish bo‘yicha bir qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.



Tadbirda Namangan shahar hokimining birinchi o’rinbosari R.Isakov ham ishtirok etdi.



Ishchi guruh a’zolari tomonidan go’sht maxsulotlarini muzlatish va meva-sabzavotlarni saqlash omborxonasidagi holatlar bilan ham tanishildi.

U yerdagi sharoitlar va yong’in xavfsizligi extiyot choralari burchaklari va boshqalar o’rganildi.



Tadbir davomida kerakli tavsiya va ko’rsatmalar ham berildi.




Namangan shahar hokimligi

AXBOROT XIZMATI