Namangan shahridagi "Baynalmilal" mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Bugun Namangan shahridagi "Baynalmilal" mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Namangan shahridagi "Baynalmilal" mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosining ochilish marosimida Namangan shahar hokimi G'ofirjon Djamalov so'zga chiqib yig'ilganlarga bugungi Yangi O'zbekistondagi barcha islohotlar avvalo Inson qadri tamoillari asosida tashkil etilayotganini ta'kidlab o'tdi.



Marosimda Namangan viloyat hokimi o'rinbosari, Namangan shahar hokimi, Yangi Namangan tumani hokimi, keksa nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari hamda anashu mahallada istiqomad qiluvchi fuqarolar ishtirok etishdi.


Marosimda ishtirok etgan mahalla bolajonlariga Namangan viloyati hokimi o’rinbosari, Namangan shahar hokimi va Yangi Namangan tumani hokimi yangi yil sovg’alarini ulashdilar.

 


Ma'lumot o'rnida, Ushbu yangi va zamonaviy ko'rinishda barpo etilgan mahalla fuqarolar yig‘ini binosi davlat xususiy sherikchilik asosida 6 oy davomida 334 mln so'm  mablag' evaziga bunyod etildi.



Namangan shahar hokimligi
AXBOROT XIZMATI