NAMANGANDA “PREZIDENT ARCHASI” TANTANALARI

Namanganda yuksak ko‘tarinkilik va zo‘r tayyorgarlik bilan tashkil etilgan “Prezident archasi” bayram tantanasi bolajonlar uchun unutilmas onlarni tuhfa etdi.


Viloyat Yoshlar markazida boshlangan “Prezident archasi” tantanalariga oilaviy bolalar uylari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 3 - 15 yoshli  farzandlaridan iborat 212 nafar o‘g‘il-qiz taklif etildi.


Tantanaga taklif etilgan bolajonlarni viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Yangi yil bayrami bilan muborakbod etib, ularga ezgu tilaklar bildirdi.

Jamoatchilik vakillari ishtirokida 212 nafar bolajonlarning har biriga  “Prezident sovg‘asi” topshirildi.

Sahnadagi betakror tomoshalar, “Yangi yil orzusi” nomli teatrlashtirilgan bayram dasturi o‘quvchi-yoshlarni zavqli sarguzashtlarga oshno etdi.

 

Namangan shahar hokimi
AXBOROT XIZMATI