Namangan shahrida kun sayin aholi uchun xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy ob’ektlar soni ortib bormoqda

Shulardan ba’zilari qayta ta’mirlanib, aholiga topshirilayotgan bo‘lsa, ba’zilari yangi qurib bitkazilmoqda.

Namangan shahridagi "Guzar" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ayni paytda poliklinika binosi ta’mirlanmoqda.

Hududdagi mavjud bino qayta kapital ta’mirlanib,  zamonaviy uslubda qayta qad rostlamoqda.

Bugun 6-dekabr kuni Namangan shahar hokimi G‘ofirjon Djamalov boshchiligidagi ishchi guruh mazkur bino qurilishini borib ko‘rdi.

3-qavatdan tashkil topgan mazkur binoda ayni kunda qurilish va kapital ta’mir ishlari jadal olib borilmoqda.

Bugun shahar hokimi joydagi bino ta’miri, uning tuzilishi, dizayni, ko‘rinishi bo‘yicha qurilish mas’ullari bilan fikr almashdi va bugun barcha masalalar bo‘yicha muhokama o‘tkazdi.

 

Namangan shahar hokimligi
AXBOROT XIZMATI