So‘nggi yangiliklar

Озарбайжоннинг гулчилари ўзининг ноёб гуллари ва композициялари билан Наманганда ўтказиладиган 63- халқаро гуллар фестивалида иштирок этади

Озарбайжоннинг гулчилари ўзининг ноёб гуллари ва композициялари билан Наманганда ўтказиладиган 63- халқаро гуллар фестивалида иштирок этади

22.02.2024
Бугун Наманган шаҳар ҳокими Анваржон Отаходжаев Озарбайжоннинг “FLORA GÜLÜSTAN” ММС бош директори Мирза Манафов бошчилигидаги делегацияни қабул қилди. Ушбу корхона Озарбайжоннинг энг йирик гулчиликка ихтисослашган корхоналардан биридир. Жамият Италия давлати билан ҳамкорликда гулларнинг ноёб турларини етиштириш, янги навларни яратиш, гул учун махсус ўғитлар, елим ва керамикадан ясалган туваклар ишлаб чиқариш ҳамда гулларда турли хил ландшафт дизайнлар яратишга ихтисослашган. Наманганда гулчилик анча ривожланган, Наманган шаҳрида ташкил этилган гулчилик маркази, гул бозорлари менда яхши таассуротлар қолдирди. – Деди, Мирза Манафов. Мулоқот давомида шаҳар ҳокими корхона вакиллари билан ҳамкорликни ўрнатиб, Наманганда ҳам ўз фаолиятини ташкил этган ҳолда иқлимга мос келадиган гулларни олиб келиш, кўпайтириш, янги навларни яратиш ҳамда 63-бор ўтказиладиган гуллар фестивалида иштирок этиш таклифини билдирди. Икки томонлама самимий руҳда бўлиб ўтган мулоқотда, лойиҳалар тез фурсатда амалга оширилишига келишиб олинди.
Korrupsiya – taraqqiyotimiz toʻsigʻi

Korrupsiya – taraqqiyotimiz toʻsigʻi

19.02.2024
Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish oʻta dolzarb masala boʻlib  kelmoqda. Jahonda Yangi Zelandiya, Singapur, Daniya, Finlyandiya, Shvetsiya va Norvegiya davlatlari Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida yuqori pogʻonalarni egallab kelmoqdalar.  2003-yil 31-oktyabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi qabul qilingan boʻlib, unga 160 dan ortiq davlat aʼzo boʻlgan. Mazkur Konvensiyaga Oʻzbekiston Respublikasi 2008-yil 7-iyulda qoʻshilgan va uni oʻz hududida  ijro etish uchun qabul qilgan.  BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasida koʻzda tutilgan maqsadlaridan asosiylari shuki, amalda korrupsiyaning samarali oldini olishga yordamlashish, bu borada xalqaro hamkorlik va texnik yordamni ragʻbatlantirish, qoʻllab-quvvatlash, yengillashtirish, shu jumladan, moliyaviy mablagʻlarni qaytarish, ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy mulkni boshqarishda halollik, poklik va rostgoʻylikni ragʻbatlantirish hamda yoqlashdir.  2017-yil 4-yanvarda kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish” toʻgʻrisidagi Qonunning 5-moddasiga koʻra, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taʼminlashdan iborat.  Korrupsiya,  korrupsiyaga oid huquqbuzarlik manfaatlar toʻqnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyat.   Korrupsiya soʻzi — lotincha “pora berib sotib olish” maʼnosini anglatib, mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquq va imkoniyatlardan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishni ifodalovchi siyosiy yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat tushuniladi. Korrupsiya jinoyat qonunchiligida oʻzi mustaqil jinoyat tarkibi boʻlmay, balki bir qator mansabga oid jinoyatlarni qamrab oluvchi umumlashgan tushunchadir.   Xususan, uning tarkibiga mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, hokimiyat harakatsizligi, pora olish, berish va boshqa bir qator jinoyatlar kiradi.   Taʼkidlash lozimki, korrupsiya, eng avvalo, inson huquqlarini taʼminlashga monelik qilib, ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqaradi. Erkin bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga, hayot darajasining pasayishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda korrupsiya fuqarolarning davlat boshqaruvi idoralariga boʻlgan ishonchi yoʻqolishiga olib kelib, uyushgan jinoyatchilikning avj olishiga zamin yaratadi va insonlarning xavfsizligiga tahdid soladi.  Shuning uchun ham demokratik davlatlar korrupsiyani rivojlanish va yangilanishning ildiziga bolta uruvchi xavfli illat sifatida tan olib, bu borada tizimli ravishda ish olib borishni oʻzlarining asosiy vazifalari deb belgilaganlar.  Korrupsiyaga katta huquq berib qoʻyilgan har qanday hokimiyat mansabdor shaxslari - deputatlar, masʼul shaxslar, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari aralashishi mumkin.  Mamlakatimizda ham oxirgi yillarda korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga qarshi kurashish borasida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Korrupsiya qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.  Bu borada idoralararo hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida mamlakatimizda hokimiyat tizimida, oliy va oʻrta-maxsus ilm dargohlarida, tibbiyot va soliq sohasida  hamda bank va moliya tizimida juda koʻplab qonunbuzilish holatlariga chek qoʻyilganligi va ularning oldi olinayotgani hech kimga sir emas.  Hattoki yuqori lavozimlarda ishlab kelgan mansabdor shaxslarning korrupsion harakatlariga chek qoʻyilganligi ham televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga keng yoritib borilmoqda.  Korrupsiya jamiyatni yemiruvchi illat boʻlib, u ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy rivojlanishga, demokratiya asoslariga va qonun ustuvorligiga toʻsqinlik qiladi.  Mamlakatimiz oʻz oldiga huquqiy demokratik davlat barpo etish vazifasini qoʻygan. Mana shu oliy maqsadga erishish uchun huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari bilan hamkorlikda korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga qarshi faol kurash olib borishimiz talab etiladi.     Namangan viloyat sudi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi  Abduraxmon Safayev
Шукроналик – Неъматни зиёда қилади

Шукроналик – Неъматни зиёда қилади

09.02.2024
Муҳтарам Президентимизнинг фармонларига асосан ҳафтанинг ҳар жума куни «Меҳр ва саховат куни» сифатида белгиланган. Бугун Наманган шаҳар ҳокими Анваржон Отаходжаев ҳамда “Инсон” ижтимоий хизматлар маркази ходимлари иштирокида “Ғишткўприк” маҳалласида истиқомат қилаётган ўзгалар парваришига муҳтож бўлган, якка-ёлғиз Бозорвой Мирзаев ҳолидан хабар олиниб, озиқ овқат маҳсулотлари ва иссиқ кийимлар билан таъминланди. Бозорвой Мирзаев хонадонида ёлғиз истиқомат қилади. Ўзгалар парваришига муҳтож лекин шунга қарамай бугунги кунига шукур қилиб яшаётганига амин бўлдик. Самимий суҳбат жараёнида Бозорвой ака Менга хеч нима керак эмас! “Инсон” ижтимоий хизматлар маркази ходимлари доим мендан хабар олишади, Президентимизга минг раҳмат, бизга қилаётган ғамхўрликларидан бошим осмонга етиб, доим дуо қиламан! дея дуога қўл очди. Йўқлов тадбирлари жойларда давом эттирилмоқда.

Fotolavhalar

Namangan - qadimiy shaharlardan biri bo‘lib, uning tashkil topishi tarixiy manbalarga ko‘ra taxminan 1610-yillarga to‘g‘ri keladi. Namangan shahri relefi asosan tekislik mintaqa xarakteriga ega. Yer yuzasi shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa tomon pasayib boradi. Iqlimi keskin kontinental bo‘lib, janubiy, ya’ni tekislik mintaqasida subtropik. Yoz oylarida harorat keskin ko‘tarilib, havo quruq va issiq bo‘ladi.

Shahar Farg‘ona vodiysining shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, dengiz sathidan 450 metr balandlikda joylashgan. Namangan shahri shimoldan Kosonsoy va Yangiqo‘rg‘on, sharqdan Uychi, janubdan Namangan tumani, g‘arbdan Namangan va To‘raqo‘rg‘on tumanlari bilan chegaradosh. Namangan shahri viloyatning markazi hisoblanib, umumiy maydoni 101,5 kv.km bo‘lib, shundan 1,57 kv.km ekin maydoni, 23,27 kv.km uy-joy fondi, 2,34 kv.km daraxtzorlar, 1,52 kv.km yaylov, 0,13 kv.km o‘rmon, 62,24 kv.km yo‘l, ariq va boshqa yerlarni tashkil qiladi. Shahar aholisi 2011-yilning 1-yanvar holatiga 451,0 ming kishiga yetgan. Hozirgi kunda shaharda 81 ta mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘lib, ularda 105 504 ta xonadon hamda 116 905 ta oila istiqomat qiladi. Shaharda 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Aholining 95,9 foizini o‘zbeklar tashkil etadi. Aholining zichligi 1 kv. kilometrga 5433 kishi to‘g‘ri keladi.

Batafsil

Iqtisodiy ko'rsatkichlar

FOYDALI HAVOLALAR

Yangiliklarga obuna bo‘lish

Rahbariyat

Saytni baxolash

Saytni baxolash
  • Votes: (0%)
  • Votes: (0%)
  • Votes: (0%)
Total Votes:
First Vote:
Last Vote: