Namangan shahridagi IT school faoliyat bilan tanishildi

Namangan sanoat kasb-hunar kolleji negizida tashkil etilayotgan ushbu innovatsion taʼlim markazi dasturchi va veb-dizaynerlar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi mutaxassislari tayyorlaydi.

Janubiy Koreya davlati vakillari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan ushbu maktab viloyatda IT sohani yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbarining kuni kecha boʻlib oʻtgan yigʻilishlarida belgilangan vazifalarni ijrosini bajarish maqsadida Namangan viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Akramjon Abduhamidov, shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev, viloyat hokimining raqamlashtirish boʻyicha maslahatchisi Baxtiyor Axunbabayevlar IT park rezidentlari ushbu sohada faoliyat olib borayogan kompaniya vakillari bilan muloqot olib borishdi.

IT xizmatlar sohasini rivojlantirish, ushbu soha bilan shugʻullanuvchi yoshlarni oʻqishlariga, oʻzlarini mahsulotlarini jahon bozorlariga olib chiqishdagi bank, soliqdagi muammo va kamchiliklarini oʻrganildi.

Sohani rivojlantirishga toʻsqinlik qiladigan barcha muammolarni bartaraf etib, ularga qulay shart-sharoitlarni yaratib berish xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha kelishib olindi.