Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi.

Otaxodjayev Anvar Xojaxanovich Namangan shahar hokimi etib tayinlandi.

Anvar Otaxodjayev 1972-yilda Namangan shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 1994 va 2002-yillarda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2011-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1994-yilda Namangan shahar “Oltin Vodiy-95” xususiy firmasi rahbari vazifasidan boshlagan.

1998—2019-yillarda Namangan viloyat Iqtisodiyot va statistika boshqarmalarida turli lavozimlarda, Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyat boshqarmasi boshligʻi, Namangan viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti hududlarni kompleks rivojlantirish shoʻbasining yetakchi mutaxassisi, Oʻzbekiston Oziq-ovqat xolding kompaniyasi boshqarma boshligʻining oʻrinbosari, “Oʻzparrandasanoat” uyushmasi raisining oʻrinbosari, “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ boshqarma boshligʻi vazifalarida faoliyat yuritgan.

U 2019-yildan shu kunga qadar Chortoq tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgandi.

Mazkur tayinlov Namangan viloyati hokimining 2023-yil 18-dekabrdagi qarori bilan amalga oshirildi.