Bugun xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Unda tashkiliy masala koʻrildi. 

Sessiyada soʻzga chiqqan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov keyingi yillarda Namangan shahrida aholi turmush farovonligini yanada yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar, galdagi vazifalarga toʻhtaldi.

Sessiyada deputatlar Namangan viloyati hokimining Gʻ.O.Djamalovni boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Namangan shahar hokimi vazifasidan ozod qilish, A.X.Otaxodjayevni Namangan shahar hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarorlarini bir ovozdan tasdiqladilar.

Shuningdek, viloyat hokimining Gʻ.O.Djamalovni Namangan viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida hamda  J.M.Xatamovni Namangan viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga  tayinlash toʻgʻrisidagi qarorlari yigʻilganlarga tanishtirildi.