Namangan shahrida joylashgan ijtimoiy soha obyektlari muntazam rahbarlar nazoratida

Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov shahar hududida joylashgan maktablar faoliyati bilan tanishdi.




Bugungi kunda havoning keskin sovishi ortidan oʻquvchi yoshlarga qulay shart-sharoit yaratish, taʼlim olishlariga xalaqit beradigan omillarni oldini olish maqsadida shahar hokimi boshchiligidagi ishchi guruh 5, 6 va 28-sonli umumtaʼlim maktablarida mavsumga tayyorgarlik holati, sinf xonalardagi belgilangan haroratning ushlab turish kabi masalalar oʻrganildi.



Oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, isitish tarmoqlarini yakunlanishi lozim boʻlgan ishlarni barvaqt yakuniga yetkazish topshirigʻi berildi.