Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov hududlarda olib borilayotgan qurilish, obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Namangan shahrining tumanlar va boshqa viloyatlar bilan bogʻlaydigan asosiy yoʻllarini tozalash, daraxt ekish, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun Gʻofirjon Djamalov Jahon bozori hududida qurilayotgan “Yoshlar mehnat guzari, Namangan mahsulotlari savdo kompleksi va koʻp qavatli avtoturargoh” qurilish jarayoni bilan tanishib, qurilish jarayonini tezroq yakunlash, bozor atrofini tartibga keltirish va atrofni koʻkalamzorlashtirish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berdi.