Maʼlumki, anʼanaga koʻra har yili mamlakatimizda noyabr oyining ikkinchi haftasida tibbiyot xodimlari kuni nishonlanadi.
Kasb bayramlarini doimo katta yutuqlar bilan kutib olishga odatlangan salomatlik posbonlarining bir guruhi bugun Namangan shahridagi “Sherdor” tantanalar majmuasiga taklif etildilar.
Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov Prezidentimiz soha vakillari yoʻllagan tabriklarini oʻqib eshittirdi. Salomatlik posbonlarini bayram bilan qutlar ekan, koʻp yillik samarali xizmatlari bilan soha ravnaqiga katta hissa qoʻshayotgan fidoyi tibbiyotchilar nomlarini alohida hurmat-ehtirom bilan tilga oldi.
Soha fidoyilarining bir guruhi taqdirlandi