Namanganda Usmon Nosir tavalludining 111-yilligiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

Hamyurtimiz otashnafas shoir, tarjimon, dramaturg Usmon Nosir tavalludiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Namangan Shahrida joylashgan Usmon Nosir xiyobonida boʻlib oʻtgan marosimda Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari Musoxon Appaqov, shoir-yozuvchilar, taʼlim sohasi mutasaddilari, OAV, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda Namangan viloyat musiqali drama teatr jamoasi tomonidan Usmon Nosir spektaklidan parcha hamda uning nomiga bagʻishlangan qoʻshiq ijro etilib, shoir-yozuvchilar tomonidan sher va gʻazallar oʻqildi.

Ushbu marosimda Namangan shahar hokimligi tomonidan shoirning hayoti va ijodiga bagʻishlab oʻtkazilgan tanlov gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi.

Shundan soʻng Xiyobon markazidagi Usmon Nosir haykali poyiga gulchambarlar qoʻyildi.