“Tinchlik va shukronalik — oliy neʼmat” mavzusida ochiq muloqot

Namangan shahar 3-sektor rahbari Gʻ.T.Raxmatullayev tomonidan sektor hududidagi Sohibkor, Oydinkoʻl, Iftixor, Lola, Qadamjo mahalla fuqarolar yigʻinlarining koʻcha boshlari, nuroniylari va mahalla faollari bilan “Tinchlik va shukronalik — oliy neʼmat” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqotda davlat rahbari tomonidan “Inson qadri uchun!” olib borilayotgan islohotlar, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, har bir fuqaro uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, boʻyicha fikrlar almashildi.

Bundan tashqari sektor hududidagi aholiga munosib turmush sharoitini yaratish boʻyicha sektor hududida qilinishi zarur boʻlgan ishlar, uy-joy, maktab, bogʻcha, tibbiyot, ichki yoʻllar, ichimlik suvi, elektr, gaz kabi muammolar boʻyicha bir qancha ijobiy ishlar olib borilayotganligini taʼkidlab oʻtdi.

Yigʻilish soʻngida mahalla nuroniylari yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashga oʻz hissalarini qoʻshayotgan barcha insonlar haqqiga duo qilindi.