Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov Namangan davlat universiteti talabalari uchun 400 oʻringa moʻljallangan talabalar yotoqxonasi qurilish jarayoni bilan tanishdi.
Ushbu loyiha umumiy hisobda 24 mlrd. soʻmlik mablagʻ evaziga qurilishi koʻzda tutilgan. Loyihaning yarmi byudjet mablagʻlari hisobiga qolgan qismi esa universitet mablagʻi hisobidan amalga oshirish koʻzda tutilgan.
“Talabalar uchun yaratilayotgan barcha imkoniyatlar ularning sifatli taʼlim olishlari, yetuk kadr boʻlib chiqishlari uchun, shunday ekan qurilayotgan ushbu talabalar turargohi yevropa standartlari asosida boʻlishi kerak”. – dedi, Shavkatjon Abdurazakov.
Namangan shahar hokimligi