Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov oʻrganishlari davomida Element Paint MCHJ faoliyati bilan tanishdi

Namangan shahrining “Obod” mahallasi hududida joylashgan ushbu korxonada 20 dan ziyod ishchi oʻrinlari yaratilgan boʻlib, loyihaning kengaytirish hisobiga yangi qoʻshimcha 50 ta boʻsh ish oʻrinlari yaratiladi.

Korxona faoliyati bilan tanishgan shahar hokimi tadbirkor hamda ishchilar bilan muloqot qildi. Muloqot davomida tadbirkor tomonidan mahsulotga talab kundan-kunga ortib borayotganligi sababli loyihani kengaytirish, qoʻshimcha bino qurish taklifini bildirdi.

“ELEMENT PAINT” korxonasining asosiy faoliyati sanoat boʻyoqlari va laklari hamda alkid va suv bazli suyuq devor qogʻozlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.