Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, qurilish-rekonstruksiya qilish ishlarini oʻrganish maqsadida shahar markaziy shifoxonasi va 4-oila poliklinikasida boʻldi.
Namangan shahar markaziy shifoxonasi 210 oʻringa moʻljallangan boʻlib, hozirda DXSH asosida kuz-qish mavsumiga tayyorlash, isitish tizimlarini yangilash ishlari olib borilmoqda. Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash maqsadida 4-oila poliklinikasida tashabbusli byudjet asosida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Tibbiyot muassasalarida boʻlgan shahar hokimi bu yerdagi shart-sharoitlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, qurilish ishlari va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish jarayonlari oʻrganildi. Aniqlangan kamchilik va muammolarni tez fursatda bartaraf etish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.