Namangan viloyati hokimligi delegatsiyasi Koreyaning Kyongsan shahrida.

Delegatsiya Kyongsan shahar Cho Xyon Il bilan muzokaralar olib bordi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, Oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan va bu yerdagi mavjud korxonalarda ishlayotgan Namanganliklar uchun qulay sharoitlar yaratib berish, Namangan va Kyongsan shaharlari oʻrtasida oʻrnatilishi rejalashtirilgan Qardosh shaharlar munosabatlari boʻyicha kelishuvlarni qisqa muddatlarda yakunlash va uni imzolash, Namangan shahri va Chust tumanlarida barpo etilayotgan “Yangi Namangan shaharcha”si va Yangi Oʻzbekiston massivlariga Kyongsanlik investorlarni jalb qilish, madaniy va turizm sohalarida aloqalarni oʻrnatish boʻyicha kelishib olindi.

Shuningdek, Kyongsan hokimligi deputatlar Kengashi faoliyati bilan ham tanishildi.

Tashrif davomida Kyongsan shahrida qurilayotgan koʻp-qavatli uy-joy qurilish jarayoni, IT kompaniyasi faoliyati hamda tarixiy muzey bilan tanishildi.