Namangan viloyati delegatsiyasi ishchi tashrif bilan Janubiy Koreyada boʻlib turibdi

Oʻzbek-Koreya munosabatlari taraqqiyotida Namanganning alohida oʻrni bor. Joriy yilning oʻzida Osiyoning ushbu rivojlangan davlatining bir necha shaharlari delegatsiyalari viloyatda ishchi tashrif bilan boʻladilar. Uchrashuvlar yangi-yangi loyihalarni hayotga tadbiq etishga zamin yaratmoqda.

Namangan viloyati delegatsiyasining ilk manzili Puyo shahri boʻldi. Dastlab shahar hokimi Park Jun Xun bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Muzokaralar davomida hududlar oʻrtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, avval kelishilgan loyihalarni jadallashtirish, loyihalarni yuritish boʻyicha Ishchi guruh tashkil etish hamda Yoʻl xaritasini ishlab chiqishga kelishib olindi.


Uchrashuv soʻnggida Namangan viloyati bilan Puyo shahri oʻrtasida turizm va madaniy sohada aloqalarni oʻrnatish boʻyicha, Chust tumanida 1000 gektar oʻzlashtirilmagan yerlarni oʻzlashtirish hamda yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini Namangan shahrida qayta ishlash, qadoqlash va eksport qilish logistika markazi tashkil etish boʻyicha qiymati 10 mln.dollarlik kelishuvlar imzolandi.

Tashrif davomida Puyo boʻyicha yetishtiriladigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining urugʻ, tuproq,suv va boshqa tegishli laboratoriya tahlillari olib boriladigan Puyo agro-texnologiyalar markazi, aqlli issiqxonada pomidor yetishtirish, zamonaviy uslubda qoʻziqorin, sholi yetishtirish va undan gurunch tayyorlash va qadoqlash fermer xoʻjaliklari, Chorvachilik uchun minerallar bilan toʻyintirilgan, mol goʻshtini sifatini oshiradigan ozuqa yetishtirish korxonasi faoliyati faoliyati bilan tanishildi

Delegatsiyaning tashrifi davom etmoqda

Media Departament