Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov ishchi guruh hamda “Chorsu” savdo majmuasi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha masʼullardan iborat vakillar mazkur hududda boʻlishdi.

Bozor ichi hamda tashqi qismlarida ayrim savdogarlar tomonidan belgilanmagan joylarda sanoat mollari va meva-sabzavot mahsulotlari savdosi bilan savdo-sotiq qilishmoqda.

Shuningdek, mazkur hududda bozor atrofida oʻzboshimchalik bilan oʻzlariga sharoit yaratib olgan ayrim sotuvchilar faoliyatiga chek qoʻyildi.

Bunga asosiy sabab yoʻlovchilar hamda haridorlar yoʻlagiga yengil konstruksiyali qurilmalarni oʻrnatib noqulaylik keltirib chiqarishmoqda.

Shahar hokimi bozor oldidagi yengil avtomashinalarning harakatini tartibga keltirish, xaridorlarga qulaylik yaratish, bozor tashqarisidagi baʼzi noxush holatlarga chek qoʻyish boʻyicha bozor masʼullariga topshiriqlar berdi.

Bozorning ichki va tashqi qismlarida sanitariya holatiga eʼtibor qaratish boʻyicha ham aniq vazifalar belgilandi.