Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov “Yangi qurilish” MFYda 30 nafarga yaqin yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
Shahar hokimi yoshlarni ish bilan taʼminlash, oʻquv kurslarida taʼlim olish uchun koʻmak berish, dastlabki ishlarini yoʻlga qoʻyish uchun kam foizli kredit moddiy yordam olish masalalar boʻyicha murojaatlari tinglandi.
Gʻofirjon Djamalov murojaatlar yuzasidan aksariyat masalalar shu yerning oʻzida hal etilib, vaqt talab qiladigan soʻrovlar boʻyicha sohalar mutasaddilariga tegishli topshiriq va vazifalarni berdi.