Bugungi “Sifatli taʼlim – kuchli jamiyat” shiori ostida tashkil etilgan “Ikkinchi Ustozlar milliy Forumi”da yangi oʻquv yili oldidan yangi rejalar, maqsadlar va vazifalarni belgilashga qaratildi.
Shu yilning 15-avgust kuni Namangan viloyati miqyosida 14 ta hududdan jami 504 nafar pedagoglar hamda tizim xodimlari ishtirokida viloyat bosqichi tashkil etilgan boʻlsa, bugungi Namangan shahar bosqichida jami 250 nafar pedagoglar hamda tizim xodimlari ishtirok etdi. Forum jarayoni faqatgina shu bilan cheklanib qolmaydi. Mazkur Forum 28-29-avgust kunlari umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pedagogik kengashlar tarzida tashkil etiladi.
Anʼanaga aylangan milliy forumda Namangan shahar hokimi Gʻofurjon Djamalov, sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼul rahbarlari ishtirok etdi.
Ayni paytda Namangan shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufida bugungi kunda jami 63 ta davlat va nodavlat taʼlim muassasalari hamda 149 ta davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud. Maktabgacha taʼlim tizimiga berilayotgan eʼtibor va gʻamhoʻrliklar natijasida keyingi yillarda 3 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti mukammal taʼmirlanib, 4 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti rekonstuksiya qilingan boʻlsa, 11 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari yangidan qurilib foydalanishga topshirildi. 18 tadan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻliq jihozlanib, taʼlim tashkilotlariga 34 tadan ortiq zamonaviy kompyuter texnikalari yetkazib berildi.
Namangan shahridagi umumtaʼlim maktablarini 2022-2023-oʻquv yilida 4867 nafar bitiruvchi 11-sinfni tamomlagan oʻquvchilardan 628 nafari muddatidan avval OTMlarga qabul qilinib, talabalar safiga qabul qilindi. Bundan tashqari Oʻzbekistondagi OTMlarga 2489 nafar bitiruvchi 11-sinf oʻquvchilari test topshirgan oʻquvchilarimiz esa oʻrtacha 90.24 ball toʻplashib, viloyatda 1-oʻrinni egallashdi.
Bu yilgi eng katta yutuqlarimizdan biri 2023-yilda oʻtkazilgan Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovida Namangan shahridagi 7-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi shahar (100 mln. soʻm), viloyat (250 mln. soʻm) va qolaversa Respublika bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallab 500 mln. soʻm va Chet elga sayohat yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi.