Shahrimizning “Hamrox” koʻchasida bunyod etilib, faoliyat koʻrsatishni boshlagan “LOR ACADEMY CLINIC” MCHJ diognastika, konservativ va operativ tibbiy xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan markaz.
Tadbirkor Sohibjon Sotvoldiyevning saʼyi harakatlari bilan xalqimizga xizmat koʻrsatish uchun shay holga keltirildi. Mazkur zamonaviy tibbiy diagnostika markazi 72 oʻringa moʻljallanib,
2 ta opreratsiya hamda 4 ta reanimatsiya xonalari mavjud.
Ishbilarmonimiz tomonidan 385 ming AQSH dollarilik sarmoya kiritilishi natijasida, soʻngi markalardagi tibbiy jihoz va asbob-uskunalari olib keltirildi. Mana shunday tibbiyot markazining qurilishi va unda zamonaviy jihozlarning ishga tushirilishi natijasida 50 ga yaqin ish oʻrinlari yaratildi.
Ushbu “LOR ACADEMY CLINIC” markazi shahrimiz va viloyatimiz ahliga lor, EKU (farzandsizlik muammosida ekstrakarparal urugʻlantirish amaliyoti), artroskopiya, yuz-jagʻ xirurgiyasi, plastik xirurgiya, eng zamonaviy laboratoriya, sterilizatsiya, allergologiya, immunologiya, ginekologiya, urologiya yoʻnalishlarida sifatli xizmat koʻrsatadi.
Yuqorida aytib oʻtgan imkoniyatlari bilan cheklanibgina qolmay, tibbiyot markazi kelgusi oʻquv yilidan boshlab Turkiya va Ozarbayjon davlatlarining vrachlar malakasini oshirish markazlari bilan hamkorlikda magistratura va klinik ordinatura yoʻnalishida talabalar qabulini ham yoʻlga qoʻyishni rejalashtirgan.