Yoshlar bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi joriy etilgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishiga aylangan.
Uchrashuvda qaryib 40 nafarga yaqin yoshlar oʻzlarining fikr-mulohazalari, mavjud muammolari va takliflarni bildirdilar.
Xususan, dastlabki ish faoliyatni boshlash uchun kredit, moddiy yordam, ishga joylashish, oʻqish kontraktlarida, shifoxonada davolanish, dori-darmon olishda hamda ayollarning oʻz-oʻzini band qilishda tikuv mashinalar boʻyicha sharoit yaratib berish kabi va boshqa yoʻnalishdagi murojaatlar kun tartibidan joy oldi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat hamda takliflari koʻrib chiqilib zaruriy yoʻnalishlari boʻyicha joyida oʻrganildi. Shuningdek, vaqt talab etuvchi murojaatlar nazoratga olinib, tegishli yoʻnalishlar boʻyicha masʼullarga vazifalar yuklatildi.