Hamma yurtlar va shaharlarning qon tomiri boʻlgan kanallari, jon tomiri boʻlgan yoʻllari boʻladi. Qoʻqon koʻchasi ham Namangan shahrining ijtimoiy hayotida muhim oʻrin tutadi.
Bu yoʻl qadim-qadimdan mavjud boʻlib, Qoʻqon xonligining Namangan bekligi bilan bogʻlab turgan. Namangan hamda Mingbuloq tumanlari tashkil etilgach esa, bu koʻchaning mavqei yanada ortdi.
Qoʻqon koʻchasida nomiga mos bunyodkorlik ishlarining bajarilishi maʼlum vaqtdan soʻng hudud chindan ham havas qilarli holatga kelib, yozning jazirama kunlarida ham sabir bilan katta mehnat ishlari bajarildi.
Koʻcha yoʻllari ravon tekis holatga keltirilib, asfalt bosish ishlari bajarildi. “Maʼrifat”, “Farovon” va “Obod” mahallari hududidan oʻtgan bu koʻchada katta bayram tantanasi nishonlandi. “Qoʻqon” koʻchasining foydalanishga topshirilishi katta shodiyonaga aylanib ketdi.
Tantanaga tashrif buyurgan shahar hokimidan tortib keng jamoatchilik vakillari, sektor rahbarlari, faxriylar va yoshlar, madaniyat xodimlari barcha-barchaning qalbida koʻtarinkilik namoyon boʻldi.
Mazkur koʻchadagi bunyodkorlik ishlari davomida obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish boʻyicha amaliy oʻzgarishlarga, mahalla, koʻchalarni yangi manzarada aks etayotanidan xursand boʻlib, xovli oldilarini tartibga keltirish, koʻchaning tashqi qismlarini zamonaviy koʻrinishga keltirish boʻyicha ham ibratli keng miqyosda olib borildi.
Uch mahalladagi ushbu markaziy koʻchaning, qolaversa ichki koʻchalarni ham obodonlashtirish, yashil maydon yaratish boʻyicha tizimli ishlar samarasidir.