Shahrimizning Uychi koʻchasida obodonlashtirish va bunyodklrlik ishlari keng koʻlamda amalga oshirilmoqda.

Hududda boʻlayotgan ishlar bilan yaqindan tanishgan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov mahallani har jihatdan taraqqiy etishiga yeng shimargan tadbirkorlar bilan ham muloqot qildi.

 

Suhbat davomida markaziy koʻcha yuzidagi qurilishi tugallanmagan tadbirkorlik subyektlarini qurilish ishlarini yakunlash, belgilangan loyiha asosida bu yerlarni ishga tushirish, yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha ishbilarmonlarga yoʻl yoʻriq va koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, shahar hokimligi ishchi guruhi tomonidan Uychi koʻchasida ayrim loqayd tadbirkorlar tomonidan betartib holatda katta koʻcha yoʻl qismlariga oʻrnatib olingan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish boʻyicha ishlar ham olib borilmoqda.