SAYYOR QABUL - MUAMMOLARNING MAQBUL YECHIMI

Aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi joriy etilgani mamlakatimizda amalga oshirilyotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishiga aylandi.

Elning dardini eshitish, ogʻirini yengil qilish yurtdoshlarimizning davlatga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ayni paytda Namangan shahar hokimi, 1-sektori rahbari Gʻofirjon Djamalov sektor shtabida shahrimiz fuqarolari uchun navbatdagi sayyor qabulini oʻtkazmoqda.

Sayyor qabulda shahrimizning barcha mahallaridan 100 ga yaqin fuqarolar oʻzlarining tibbiy, ijtimoiy, moddiy hamda uy-joy va masalalar boʻyicha murojaat etishmoqda.

Xususan, dastlabki ish faoliyatni boshlash uchun kredit, moddiy yordam, ishga joylashish, oʻqish kontraktlarida, shifoxonada davolanish, dori-darmon olishda hamda yotib davolanishda imtiyozli shaklda yordam koʻrsatilishi, ayollarning oʻz-oʻzini band qilishda tikuv mashinalar boʻyicha sharoit yaratib berish kabi va boshqa yoʻnalishdagi murojaatlar kun tartibidan joy oldi.

Shahar hokimi murojaatlar boʻyicha ijobiy yechim topish uchun sektor rahbarlariga hamda masalaga daxldor masʼul vakillarga tegishli topshiriq va vazifalar yuklatildi.