Holatni oʻrganish davomida bozor atroflaridagi yoʻlovchilarga moʻljallangan yoʻlaklar meva-sabzavotlar hamda kiyim-kechak sotuvchilari tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan.
Hududdagi ariq boʻylaridagi chiqindilar, transport vositalarining betartib joylashuvi kabi manzaralarni tartibga solish, shahar qiyofasini ochish boʻyicha masʼullarga koʻrsatmalar berildi.
Bozor hududiga tutash boʻlgan Mulla Qirgʻiz tarixiy yodgorligi atrofini obodonlashtirish va yoʻlovchilar uchun moʻljallangan yoʻlaklarni taʼmirlash, daraxtlar atrofiga ishlov berish boʻyicha ham masʼuliyat talab qilindi.