Namangan shahridagi barcha mahallalarda obodonlashtirish ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Jumladan, shahrimizdagi "Sardoba" MFY hududida joylashgan 12- sonli ko‘p qavatli turar-joy hududida ham keng ko‘lamdagi obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.
Olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishgan shahar hokimi G‘ofirjon Djamalov, aholi vakillari bilan ham muloqot qildi.
Hududda bo‘lgan shahar hokimi 12-sonli ko‘p qavatli aholi yashash joyi atrofida sog‘lomlashtirish maskani, bolalar maydonchasi va avtomobillar uchun turar joy tashkil etish bo‘yicha tayyorlangan loyiha bilan ham tanishdi.