Bugun Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov shahrimizdagi 9-oila poliklinikasiga tashrif buyurib, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, poliklinikada shahrimizda birinchilardan boʻlib yoʻlga qoʻyilgan “Elektron poliklinika” tizimi yordamida aholini elektron navbat asosida shifokorga maslahatiga kirishi, “Shifokor oldi koʻrik xonasi”da aholini shifokor qabuliga kirishdan oldin antropometrik tekshiruvdan oʻtkazish – boʻyi, vazni, qon bosimi va birlamchi laborator analizlarga jalb etilishi, bu orqali shifokorlarning bemorlar bilan birga oʻtkazadigan vaqti koʻpayib, bemorlarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati oshganini oila shifokori N.Mamasidiqova ham alohida taʼkidlab oʻtdi.
Shuningdek, kardiolog shifokor A.Latipov soʻnggi yillarda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar samarasi oʻlaroq yurak qon-tomir tizimi bilan bogʻliq kasalliklarni erta aniqlash va davolash yoʻlga qoʻyilayotgani va ushbu kasallik oqibatida sodir boʻladigan oʻlim hodisalari kamaygani alohida qayd etib oʻtildi.
Shahar hokimi rejali emlash xonasi faoliyati bilan tanishib, boshqariladigan yuqumli kasalliklarni oldini olishda emlash asosiy vosita ekanini aloxida taʼkidlab oʻtdi.
Poliklinikada kuz-qish mavsumi uchun olib borilayotgan ishlar bilan tanishgan shahar hokimi isitish qozonlari holati, yuvish-chayish ishlarini sifatli olib borish, shuningdek, muqobil energiya manbasi boʻlgan quyosh panellari oʻrnatish ishlari boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berdi.
Tashrif yakunida shahar xokimi tomonidan poliklinikada raqamlashtirish ishlari sifatini oshirish maqsadida kompyuter va boshqa orgtexnika vositalari, shuningdek, kanalizatsiya tizimini taʼmirlash borasida hokimlik tomonidan amaliy yordam berilishi aytib oʻtildi.