Ijtimoiy himoya – insonni ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlashda oʻziga xos tizim yaratilganki, bunda kishini salomatligidan tortib uning moddiy qoʻllab-quvvatlanishida qator ishlar amalga oshiriladi.
Xuddi shunday yumushlardan biri bugun shahrimizning “Olvalizor” mahallasida yashovchi imkoniyati cheklangan 15 yoshli Qodirxon Gʻaybullayev xonadonida boʻlindi.
Joriy yilning 5-avgust kuni Namangan shahar hokimining sayyor qabulida qatnashib davolanishi uchun yordam soʻrab murojaat etgan Qodirxon bilan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov koʻrishdi. Shahar 1-rahbari oʻzining xizmat mashinasida murojaatchi yosh bilan uning xonadoniga borib, yashash sharoiti oʻrganildi.
“Olvalizor” mahallasining 4-oʻtish yoʻli Oʻzbekiston koʻchasi 15-uyda yashovchi ushbu yigit xonadonida boʻlgan shahar hokimi boshchiligidagi masʼullar, unga zaruriy isteʼmol mahsulotlari, u juda ham qiziqqan shaxmat doskasi, turli kitoblar va kerakli jihozlar tuhfa etildi. Shuningdek, yigitning salomtligidagi muammosi sababli davolanishi uchun kerakli yordam koʻrsatilishi yuzasidan ham shu yerning oʻzida masʼullarga koʻrsatma berildi.