Namanganning eski dahasi sanalgan Chorsu shaharsozlikda oʻziga xos tarixiy evrilishlar guvohi. Bugungi kunda ham shahrimizning diqqatga sazovor tarixiy yodgorligi mavjud boʻlgan manzil sifatida ham qadrlidir. Bu hudud zamonaviy va tarixiy qiyofada aks etishi oʻziga xos mazmun kasb etadi.
Shu maʼnoda, shahrimizning eʼtiborga molik tomonlarini zamonaviy shaharsozlik andozalariga moslash, shahar qiyofasini ochish boʻyicha ham jiddiy ishlar olib borilmoqda. Chorsu dahasi shu hududdagi “Chorsu” dehqon bozori bilan tutash. Shundan kelib chiqib, bozor hududidan tashqaridagi yashil maydonlar, xiyobonlar va tarixiy binolar atroflarida noqonuniy koʻchma savdo-sotiq ishlarini tashkil etgan tadbirkorlar faoliyatlari savdo markazlariga yoʻnaltirildi.
Ushbu hudud atroflari shahar obodonlashtirish ishchilari tomonidan chiqindilardan tozalanmoqda. Bu yerda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlarning borishi bilan tanishgan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov shu yerda boʻldi. Savdo faoliyatini olib borayotgan fuqarolar bilan uchrashib, ularni toʻgʻri ish tashkil etish, kunlik soliq yigʻim toʻlovlarini amalga oshirib savdo markazlarida, bozor ichki hududlarida bemalol savdolarini yurgizishlari boʻyicha tushunchalar berildi.