Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov shahardagi mavjud bozorlar faoliyati bilan tanishish maqsadida “Sardoba savdo majmuasi”da boʻldi.
Mana bir necha vaqtdan buyon mazkur savdo majmuasini hamda yon atrofini tartibga keltirish, sotuvchilarga va xaridorlarga qulayliklar yaratish, sifatli savdo xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan amaliy ishlar bajarilmoqda.
Shahar hokimi bozorda belgilangan meʼyoriy holatlarning oldini olish, savdo-sotiq madaniyatiga amal qilish, hududning sanitariya-epidemiologiya holatini nazoratga olish, shuningdek, favqulodda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan vaziyatlarga tayyor turish boʻyicha topshiriqlarni berdi.
Ishchi guruh va masʼullarga bozorning tashqi qismlarida ayrim savdogarlar tomonidan oʻzboshimchalik bilan oʻrnatib olingan rastalarda savdo qilinishi boʻyicha tushuntirishlar olib blrish va shu orqali ularning faoliyatlarini muvofiqlashtirish boʻyicha ham tegishli vazifalar yuklandi.