Namangan shahar hokimligi moliya bo‘limining HISOBOTI

2021 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Namangan shahar hokimligi huzuridagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risida Namangan shahar hokimligi moliya bo‘limining
HISOBOTI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli va xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 2021 yil 3 maydagi “Mahalliy byudjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi 146/06-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Moliya vazirligi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali shahar hududida jamoatchilik fikri asosida berilgan takliflardan ovoz olish yakunlariga ko‘ra, umumiy qiymati 3 215,0 mln.so‘mga teng bo‘lgan 8 ta tashabbus g‘olib deb topilgan.
Mazkur tashabbuslarni moliyalashtirish uchun shahar mahalliy byudjeti qo‘shimcha manbalari shu jumladan, erkin qoldiq va hisobot choraklari yakuni bilan belgilangan daromadlarni prognozi ko‘rsatkichlarini orttirib bajarilgan qismi hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining tegishli qarorlariga asosan Namangan shahar hokimligi huzuridagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga o‘tkazib berildi.
Jamoatchilik fikri asosida eng ko‘p ovoz olgan 8 ta tashabbus “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.

1-tashabbus:
Namangan shahar “Yangi xayot” MFY va “Barkamol avlod” MFY hududida joylashgan “Bog‘dod” ko‘chasida 500 metr ichki yo‘lni asfaltlash ishlari uchun 300,0 mln.so‘m mablag‘ moliyalashtirildi.

2-tashabbus:
Namangan shahar Yangi Namangan tumani “Tinchlik” MFY va “Yosh avlod” ko‘chasida 400 metr ichki yo‘lni asfaltlash ishlari uchun 102,3 mln.so‘m mablag‘ moliyalashtirildi.

3-tashabbus:
Namangan shahar Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 74-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi isitish tizimini yangilash ishlari uchun 345,0 mln.so‘m mablag‘ moliyalashtirildi.

4-tashabbus:
Namangan shahar “Qadamjo” MFY va “Shalola” ko‘chasida 400 metr ichki yo‘lni asfaltlash ishlari uchun 211,4 mln.so‘m mablag‘ moliyalashtirildi.

5-tashabbus:
Namangan shahar “A.Temur” MFY va “Jiydakapa” ko‘chasida 500 metr ichki yo‘lni asfaltlash ishlari uchun 233,0 mln.so‘m mablag‘ moliyalashtirildi.

6-tashabbus:
Namangan shahar Davlatobod tumani “Shishaki” MFY va “Ibn Sino” ko‘chasida 600 metr ichki yo‘lni asfaltlash ishlari uchun 223,3 mln.so‘m mablag‘ moliyalashtirildi.

7-tashabbus:
Namangan shahar “B.Mashrab” MFY va “A.Yassaviy” ko‘chasining
15 maktabgacha ta’lim muassasaga olib boruvchi ichki ko‘cha yo‘llarini asfaltlash ishlari uchun 388,7 mln.so‘m mablag‘ moliyalashtirildi.

8-tashabbus:
Namangan shahar “Yangi hayot” MFY va “Bog‘dod” ko‘chasiga 5300 metr,
12-13 Chaman ko‘chalariga 2600 metr, Zarkent ko‘chasiga 1200 metr uzunlikda aholiga toza ichimlik suvi tarmog‘ini tortish uchun qurilish materiallari xarid qilish xarajatlariga 915,7 mln.so‘m mablag‘ moliyalashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qaroriga muvofiq,
2021 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar hokimligining rasmiy veb-saytida tashabbusli byudjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni joylashtirib borildi.
Kelgusida tashabbusli byudjetlashtirish jarayonini yanada takomillashtirish va ijrosini samarali tashkil qilish bo‘yicha jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi guruhga takliflar kiritib boriladi.