BOZORLARDAGI NARX-NAVOLAR DOIMIY NAZORATDA
Namangan shahar hokimligi, sektorlar kesimida tashkil etilgan ishchi guruhlar, IIB, FVB, Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘limi, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 dekabrdagi 743-sonli qaroriga asosan favqulodda vaziyatlarining oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni kuchaytirish bo‘yicha bir qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Namangan shahar hokimining birinchi o’rinbosari R.Isakov boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari Namangan shahrining “Chorsu” dehqon bozoriga borishib, savdo-sotiq rastalarining sanitar holatlari, narx-navolarning mo’tadilligi, bozor hududida haridorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishib, yong’in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish bo’yicha kerakli ko’rsatma va toshiriqlar berildi.
Namangan shahar hokimligi
AXBOROT XIZMATI