Bugun 2021 yil 30 dekabr kuni Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz yettinchi sessiyasi o‘tkazildi
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi birinchi masala, joriy yilning 26 dekabr kuni Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 6-Axsikent saylov okrugida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rni uchun bo‘lib o‘tgan saylov natijalari to‘g‘risida shahar saylov komissiyasi raisi Djamalov Ziyoviddin Saloxiddinovich axborotiga asosan ushbu saylov okrugiga Abdullayev Jobirxon Sharifovichni e’tirof etildi.
Sessiya davomida Namangan shahrining 2022 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlandi, Namangan shahar sektor rahbarlari tomonidan “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritilgan aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab–quvvatlash, daromadlarini oshirish va ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar xamda Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan pul mablag‘larini ajratish masalalari ko‘rib chiqildi.
Namangan shahar hokimligi
AXBOROT XIZMATI