Namangan shahridagi 15-umumta'lim maktabida fan olimpiadalarining 2-shahar bosqichiga Namangan shahar hokimi G'ofirjon Djamalov boshchiligida tantanali start berildi.

Bugun 11-oktabr kuni Namangan shahridagi 15-umumta'lim maktabida fan olimpiadalarining 2-shahar bosqichiga Namangan shahar hokimi G'ofirjon Djamalov boshchiligida tantanali start berildi.



Fan olimpiadalarining 1-bosqichi 13ta fandan sentabr oyining 24-29 kunlari shahrimizdagi barcha maktablarda o'tkazildi. Ushbu olimpiadalarda 17-mingdan ortiq o'quvchilar ishtirok etib, o'z bilimlarini sinab ko'rishdi. Ushbu o'quvchilardan 1782 nafari g'oliblikni qo'lga kiritib, 2shahar bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdilar.

Joriy yil fan olimpiadalari har yilgidan farqli o'laroq yangi tartibda o'tkazilishi belgilangan. Shahar bosqichi 11-oktabrdan 17-oktabrgacha har kuni bir yoki ikkita fan kesimida bitta bosqichda o'tkazilishi belgilangan.

Shuni aytish kerakki, shahar bosqichida g'olib o'quvchilar viloyat bosqichida shahrimiz sharafini himoya qiladilar.

Olimpiadani ochib bergan shahar hokimi G'ofirjon Djamalov barcha fan olimpiadasi qatnashchilariga omad tiladi.