"Soliqchilar bizning-tayanchimiz!"- Namangan shahar hokimi G'ofirjon Djamalov

"Soliqchilar bizning-tayanchimiz!"- Namangan shahar hokimi G'ofirjon Djamalov

Bugun 31-avgust kuni Namangan shahar hokimi G'ofirjon Djamalov shahar sektor rahbarlari bilan Namangan shahar Soliq inspeksiyasi idorasining barcha xodimlarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

Mustaqillik kunining 30 yillik shodiyonasi oldidan Namangan shahar hokimi soliq inspeksiyasi xodim va xizmatchilarini bayram bilan tabrikladi, ularning munosib xizmatlarini e'tirof etib na'munali xodimlarining bir guruhini taqdirladi.

"Xalqimizning har tomonlama ta'minlangan, farovon kun kechirishida soliqchilarning o'rni katta, soliqchilar bizning-tayanchimiz!" deb e'tirof etdi shahar hokimi G'ofirjon Djamalov.