11.08.2021

 

“Mehribonlik uyi” ning yangidan bunyod etilgan binosi foydalanishga topshirildi

Yangi Namangan tumanida joylashgan mazkur 26-sonli “Mehribonlik uyi”da 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan 40 nafar yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar tarbiyalanmoqda. Shundan 26 ta oʻgʻil, 14 ta qiz tarbiyalanadi. Ularga 62 ta xodim-pedagoglar bolalarga taʼlim-tarbiya bermoqda.

Davlat rahbarining shu yil
18-19-fevral kunlaridagi viloyatga tashrifi doirasida mazkur muassasada boʻlib, “Mehribonlik uyi” moddiy texnika bazasini davr talabi darajasida mustahkamlash zarurligini taʼkidlagan edi. Tarbiyachi pedagoglar, oʻgʻil-qizlar bilan muloqotda bu maskanni tubdan yangilab, yoshlarning barkamol oʻsib-ulgʻayishi uchun munosib sharoitlar yaratib berishga vaʼda bergan edi.

Qisqa vaqt mobaynida ushbu dargohda 9 mlrd soʻm mablagʻ evaziga joriy taʼmirlash ishlari bajarildi. Loyiha asosida hududdagi 6,5 ming kvadratdan oshiqroq yoʻl asfaltlandi, yotoqxona va oʻquv binolari zamonaviy jihozlarga ega boʻldi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda viloyatda 8076 nafar 18 yoshgacha boʻlgan alohida eʼtiborga muhtoj bolalar mavjud boʻlib, jami 4 707 nafar ota-ona qarovisiz qolgan voyaga yetmaganlardan 868 nafari vasiylikka, 624 nafari homiylikka, 3 182 nafari farzandlikka, 40 nafari mehribonlik uyiga berilgan.

-

Недавно построенное здание "Дома милосердия" сдано в эксплуатацию.

В Детском доме «Мехрибонлик-26» , расположенном в Новом Наманганском районе, на воспитании находятся 40 детей-сирот и детей, лишённых родительской опеки, в возрасте от 3 до 18 лет. Из них 26 мальчиков и 14 девочек, их учебно-воспитательным процессом заняты 62 учителя.

В рамках своего визита в регион 18-19 февраля этого года, Глава государства отметил необходимость укрепления материально-технической базы в Домах милосердия, отвечающей современным условиям. Побеседовав с воспитанниками, воспитателями и педагогами, Президент пообещал радикально обновить учреждение и создать подходящие условия для гармоничного роста молодежи.

За короткий промежуток времени в этом здании были проведены текущие ремонтные работы на сумму 9 миллиардов сумм. На основе проекта было заасфальтировано 6,5 тысяч кв2 метров, общежитие и учебный корпус оснащены современным оборудованием.

Для информации: на сегодняшний день в области насчитывается 8076 детей в возрасте до 18 лет, нуждающихся в особом внимании. Общее количество 4 707 несовершеннолетних осталось без родительского попечительства, из них 868 находятся под опекой, 624 на спонсорском обеспечении и 3 182 усыновлены, а 40 из них отданы в детский дом.