wrapper

“Venesuelada Maduro ruxsat bergan Rossiya va Kuba noqonuniy harbiy aralashuvi mavjud. Ammo faqatgina parlament chet el aralashuviga yoki harbiylar kirishiga ruxsat berishi mumkin”, — deydi u.

Guaydoning so‘zlariga ko‘ra, muxolifat Venesueladagi inqirozni hal qilish uchun hech qachon harbiy yo‘lni ko‘rmagan. Uning fikricha, faqatgina Nikolas Maduro harbiy aralashuv ehtimoli haqida o‘ylaydi.

Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik mutaxassislar Venesuelaga respublika konstitutsiyasiga qat’iy rioya qilgan holda kelgan. Zaxarova ta’kidlaganidek, “Venesuelada rossiyalik mutaxassislarining borligi Rossiya Federatsiyasi va Venesuela hukumati o‘rtasida 2001-yil may oyida imzolangan harbiy texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv bilan tartibga solinadi”.