wrapper

Rossiya bilan hamkorlikda quriladigan observatoriya loyihasini amalga oshirilishi muddati yil oxiriga qadar aniq bo‘lishi mumkin. Hozirda ishchi guruhi zarur parametrlarni kelishib olmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Dilyor Hakimov ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

 

Avvalroq Rossiya fanlar akademiyasi prezidenti Aleksandr Sergeyev Rossiya va O‘zbekiston kosmosni o‘rganish maqsadida “Suffa” radioteleskopini qurib bitkazishni rejalashtirganini, tez orada mazkur loyiha bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilishini ma’lum qilgandi.

Elchiga ko‘ra, hozirda ishchi guruh texnik ko‘rsatkichlar kelishmoqda va yil oxiriga qadar qurilishning aniq boshlanish muddati e’lon qilinishi mumkin.

1995-yilda Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari Toshkentdan 250 kilometr masofada joylashgan Suffa platosida xalqaro radioastronomik observatoriya yaratish to‘g‘risida kelishuvni imzolagandi. Diametri 70 metrli radioteleskopni 2009-yilda ishga tushirish rejalashtirilgandi. Ammo moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolar sababli observatoriya qurilishi to‘xtab qolgandi.