wrapper

Bugun viloyat musiqali drama teatrida  Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligiga bag‘ishlangan nazm va navo kechasi bo‘lib o‘tdi. Maqom ijrochilari respublika  tanlovi sovrindori, hamyurtimiz Abduqahhor Jalolovning jonli ijrodagi  “Navoiydan navolar” qo‘shiqlar guldastasi  tadbir ishtirokchilariga zavqu shavq bag‘ishladi.

 

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Jamoliddin Muslim, taniqli aruznavis shoira Dilorom, Yozuvchilar uyushmasi  a’zosi Dilbar Bonu, publitsist adib Rustamjon Ummatov,  ijodkorlar Muhammad Mirzo, Komiljon Fayziyev, Ibrohim Mahkam, Ruqiya G‘oziyeva, Abdumutallib Qosimovlar ishtirokidagi mushoira teatr aktyorlari Mahmudjon Isomiddinov, Avazbek Qodirov,  Dilfuza Qodirovalar ijrosidagi dramatik ijro nazm va navo kechasiga alohida mazmun bag‘ishladi.

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi tomonidan navoiyxonlik anjumanlarida faol ishtirok etganlar  qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Xonanda Abduqahhor Jalilovning Navoiy g‘azalari bilan aytilgan qo‘shiqlar to‘plami audio diski ishtirokchilar uchun qimmatli sovg‘a bo‘ldi.